8/9/2020 1:30:14 PM

“Qishloq qurilish invest" mas'uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi 2020 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun pudrat tashkilotlarini tanlash yuzasidan tender savdolarini e'lon qiladi

Tender savdolari e'lon qilingan sana: 2020 yil 16 yanvar Tender takliflarini taqdim etish uchun oxirgi muddat: e'lon chop etilgan sanadan 30 kundan so'ng

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi "Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5886-sonli farmoni ijrosi yuzasidan qishloq joylarda aholining keng qatlamlarini zamonaviy va shinam uy-joy bilan ta'minlash maqsadida: “Qishloq qurilish invest" mas'uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi 2020 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun pudrat tashkilotlarini tanlash yuzasidan tender savdolarini e'lon qiladi № 2020-01 Tender savdolari e'lon qilingan sana: 2020 yil 16 yanvar Tender takliflarini taqdim etish uchun oxirgi muddat: e'lon chop etilgan sanadan 30 kundan so'ng Qishloq joylarda quriladigan yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar tiplari. 1-tip: To'rt qavatli ko'p kvartirali (2, 3 xonali) uylar; 2-tip: Besh qavatli ko'p kvartirali (2, 3 xonali) uylar; 1. Tender ishtirokchilari quyida sanab o'tiladigan har bir tender paketlari uchun muhrlangan tanlov takliflarini kiritishlari mumkin. 2. "Qishloq kurilish invest" MCHJ ik ("buyurtmachi") huquqiy vakolatga ega bo'lgan tender ishtirokchilarinn quyida keltirilgan shartnomalar bo'yicha yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha uy-joylar qurilishini amalga oshirish uchun ("qurilish ishlari") muxrlangan tanlov takliflarini kiritishlarini taklif qiladi. 3. Tender savdolari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 26 apreldagi 243-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq o'tkaziladi. 4. Tender ishtirokchilari qo'shimcha ma'lumot olish va tender hujjatlari bilan tanishish uchun qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish xududiy konsalting markazlariga quyida ko'rsatilgan manzillar bo'yicha murojaat qilishlari mumkin